Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Xamzat Chimayev o‘zi to‘qnash kelgan eng kuchli raqib kim ekanini aytdi

Xamzat Chimayev o‘zi to‘qnash kelgan eng kuchli raqib kim ekanini aytdi

O‘rta vazn toifasidagi MMA jangchisi, BAA vakili Xamzat Chimayev faoliyatidagi eng kuchli raqibini aytdi.

"Menimcha, Kamaru Usman. U kurashimga qarshi o‘zini juda yaxshi himoya qilgandi, bu boradagi mahorati ham yaxshi. Kamaru grepplingdan ham o‘zini yaxshi himoya qilgandi. U menga bo‘ynini bermadi. Men uni besh daqiqa davomida bo‘g‘moqchi bo‘lgandim, biroq Kamaru o‘zini juda yaxshi himoya qilgandi o‘shanda", deya Chimayevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Red Corner nashri.

Eslatib o‘tamiz, Chimayev va Usman o‘rtasidagi jang 2023 yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan va o‘sha jangda Xamzat ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 11:45 12.03.2025. O'qildi: 1361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!