Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

XAMAS qolgan asirlarni ozod qilish shartini ma’lum qildi

XAMAS qolgan asirlarni ozod qilish shartini ma’lum qildi

XAMAS Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga rioya qilingan taqdirdagina, qolgan garovdagilar qo‘yib yuborilishini bildirdi, deb xabar tarqatdi “Reyter” agentligi Falastin harakati bayonotiga tayanib.

Shuningdek guruhning kelishuv bo‘yicha ikkinchi bosqich muzokarasini boshlashga tayyorligi ham ma’lum qilindi.

Avvalroq “Al-Jazira” XAMAS G‘azoda garovga olingan to‘rt kishining jasadini Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi (XQXQ)ga topshirgani haqida xabar bergandi. Keyinroq “Times of Israel” gazetasi qo‘mita marhumlarni sektordagi isroillik askarlarga topshirganini yozdi. Kelishuvga ko‘ra, Isroil 700 ga yaqin falastinlik mahbusni ozod qildi. Ulardan 100 ga yaqini Misrga, qolganlari G‘azoga jo‘nab ketdi.

Kiritildi: 19:25 27.02.2025. O'qildi: 1367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!