Falastinning XAMAS harakati G‘azo sektorini boshqarishni G‘azoni boshqarish bo‘yicha mustaqil Milliy qo‘mitaga topshirish uchun zarur bo‘lgan barcha jarayonlar yakunlanganini ma’lum qildi.
Harakat vakili Hozim Qosimning video-murojaatida aytilishicha, hududga qo‘mita kirib kelishi bilan barcha sohalarda vakolatlarni topshirish jarayoni ochiq va keng qamrovli tarzda boshlanadi.
Uning ta’kidlashicha, topshirish jarayoni ustidan Falastin fraksiyalari, qabilalar vakillari, fuqarolik jamiyati yetakchilari hamda xalqaro tuzilmalar bilan bog‘liq shaxslardan iborat nazorat qo‘mitasi kuzatuv olib bormoqda.