Falastinning XAMAS harakatining harbiy qanoti Izziddin al-Qassam brigadasi Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining garovga olinganlarga gumanitar yordam yetkazish bo‘yicha har qanday so‘roviga javob berishga tayyor.
Bu haqda guruh rasmiy vakili Abu Ubayda XAMASning Telegram-kanalida e’lon qildi.
Izzedine al-Qassam brigadalari Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining (XQXQ) garovga olinganlarga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish bo‘yicha har qanday so‘roviga javob berishga tayyor”, deyiladi bayonotda. Ubayda guruh “garovga olinganlarni och qolmasligini” ta’kidladi.
“Biz G‘azo sektorining barcha hududlarida barcha fuqarolarimizga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish uchun insonparvarlik yo‘laklarini doimiy ravishda ochishni, shuningdek, garovga olinganlarga yetkazib berish vaqtida dushmanning har qanday havo hujumlarini to‘xtatishni talab qilamiz”, — deyiladi matnda.