Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Xalqaro jinoiy sudi Trampning sanksiyalariga tayyorlanmoqda

Xalqaro jinoiy sudi Trampning sanksiyalariga tayyorlanmoqda

Xalqaro jinoiy sud (XJS) rahbariyati AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishishi bilanoq muassasa ishini falaj qiladigan qattiq iqtisodiy sanksiyalar joriy etishidan xavotirda, deb yozadi The Guardian manbalarga tayanib.

XJS Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va uning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantga qamoq orderlarini chiqargandan so‘ng, AQSh Vakillar palatasi XJSga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ilgari surishni boshlab yubordi. Biroq sud Tramp qonun loyihasini kutmay, buni tezda amalga oshirishi mumkin, deb hisoblamoqda.

The Guardian manbaalariga ko‘ra, XJS sudga qarshi sanksiyalar alohida shaxslarga qaratilgan choralarga qo‘shimcha ravishda kiritilishi mumkin bo‘lgan "eng yomon ssenariy"ga tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, manbalarning fikricha, sanksiyalar sudning faoliyati uchun zarur bo‘lgan xizmatlardan foydalanishini to‘sib qo‘yishga qaratilgan bo‘ladi. Xususan, bank va to‘lov tizimlariga, IT infratuzilmasiga va sug‘urta kompaniyalariga kirish xavf ostida qolishi mumkin.

The Guardian nashrining ta’kidlashicha, XJS faoliyatining buzilishi Netanyahu va Galantni hibsga olish uchun chiqarilgan orderlarni bekor qilish harakatlarining bir qismi bo‘lishi kerak.

Kiritildi: 22:24 21.01.2025. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!