Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xalq banki raisi «Mikrokreditbank»ka rahbar bo‘ldi

A A A
Xalq banki raisi «Mikrokreditbank»ka rahbar bo‘ldi

Shu vaqtga qadar Xalq banki boshqaruv raisi lavozimida ishlab ketgan Murodullo Eshmatov «Mikrokreditbank» ATB boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, «Mikrokreditbank» ATB boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan O.Alimardonov shu yilning 24 oktyabr kuni bank faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari sabab ishdan bo‘shatilgan edi.

Murodullo Eshmatov esa 2019 yilning aprel oyida Xalq banki boshqaruv raisi etib tayinlangandi. U ushbu vazifaga o‘tishidan avval Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Markaziy bank Raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Kiritildi: 20:20 28.10.2019. O'qildi: 3290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!