Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Xabi Alonso va Vinisius qachon gaplashib olishi ma’lum bo‘ldi

Xabi Alonso va Vinisius qachon gaplashib olishi ma’lum bo‘ldi

Xabi Alonso "klasiko"dagi g‘alabadan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vinisius Junior bilan suhbat o‘tkazishini ma’lum qildi. Ma’lumki, braziliyalik futbolchi ikkinchi bo‘lim davomidagi o‘zgarishga jahl bilan munosabatda bo‘ldi va maydonni tark etganidan keyin Alonsoning qo‘lini ham siqib qo‘ymadi.

Marca xabariga ko‘ra, "Barselona" ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng "Real" futbolchilari ikki kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Jamoa chorshanba kuni mashg‘ulotlarga qaytadi. Ana o‘shanda Alonso bilan Vinisius o‘rtasida suhbat bo‘lishi kerak.

Ispaniya chempionatining navbatdagi o‘yinini "Real" 1 noyabr kuni o‘z maydonida "Valensiya"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:49 27.10.2025. O'qildi: 1101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!