Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Xabi Alonso «Real»dagi kelajagi haqida bayonot berdi

Xabi Alonso «Real»dagi kelajagi haqida bayonot berdi

«Real» yaqin vaqt ichida Xabi Alonso bilan hamkorlikni tugatishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tarqalmoqda. Chempionlar ligasidagi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin oldi matbuot anjumanida «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi ushbu mish-mishlarga izoh berdi.

— «Real»ni boshqarsangiz, har narsaga tayyor bo‘lasiz. Mag‘lubiyatdan keyin his etiladigan norozilikni bartaraf etish uchun oldindagi o‘yinni juda kutyapman. Fikrlarimiz faqat «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinga qaratilgan.

— Allaqachon «Real» bosh murabbiyi lavozimiga nomzodlar haqida gapirilyapti…
— «Real»ni boshqarsangiz, har qanday vaziyatga tayyor bo‘lasiz.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan dam olish kunlari «Real» Ispaniya chempionatida o‘z maydonida «Selta»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Kiritildi: 22:20 09.12.2025. O'qildi: 673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!