Yanvar oyi o‘rtalarida "Real" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Xabi Alonso kelasi yozda Angliyaning top klubini qabul qilib olishi mumkin.
City HQ xabariga ko‘ra, 44 yoshli ispaniyalik mutaxassis "Manchester Siti"ni boshqarishga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Avvalroq, Pep Gvardiola joriy mavsumdan so‘ng "shaharliklar" boshqaruvini tark etishi haqida xabarlar chiqqan edi.