Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xabi Alonso APL chempioni bilan muzokaralar boshladi

Xabi Alonso APL chempioni bilan muzokaralar boshladi

"Liverpul" Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonsoning vakillari bilan aloqada bo‘lgan. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy bo‘ldi. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis futbolchilik faoliyati davomida to‘p surgan klubiga qaytishga "qat’iy ahd qilgan." "Liverpul"da Alonsoga nisbatan "hayrat aralash hurmat" bor. Ta’kidlanishicha, mersisaydliklarning har bir o‘yini hozirgi bosh murabbiy Arne Slotning kelajagini xavf ostiga qo‘ymoqda.

Alonso o‘tgan yozda "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. 12 yanvar kuni "Qirollik klubi" ispaniyalik mutaxassis bilan hamkorlikni to‘xtatganini e’lon qildi.

Angliya chempionatining 23 o‘yinidan so‘ng "Liverpul" 36 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 19:16 25.01.2026. O'qildi: 1865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik