X ijtimoiy tarmog‘i pullik bo‘lishi mumkin. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya tarmoq foydalanuvchilari uchun har oylik to‘lov joriy qilishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, to‘lov miqdori oyiga $8 bo‘lgan pullik X Premium obunasi narxidan kamroq bo‘ladi.
Maskning qo‘shimcha qilishicha, yangi chora botlarga akkaunt yaratishni qiyinlashtiradi, chunki har bir akkauntga kirish uchun to‘lovni amalga oshirishda alohida to‘lov vositasi talab qilinadi.