Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Mingdan ortiq odamni aldagan “Muhammad” Toshkentda qo‘lga tushdi

Mingdan ortiq odamni aldagan “Muhammad” Toshkentda qo‘lga tushdi

Namangan viloyatida yashovchi yigit Telegram tarmog‘ida guruh ochib, pulini qisqa fursatda ko‘paytirib berishini aytgan holda odamlarni aldab kelgan. U izini yo‘qotish uchun turli viloyatlarda yashovchi odamlar nomiga olingan SIM kartalardan foydalangan.

O‘zini Muhammad deb tanishtirib, ko‘plab odamlarni aldagan holda ularning pulini o‘zlashtirib olgan yigit Toshkentda qo‘lga olindi. Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatida yashovchi shaxs odamlarga pulini qisqa fursatda ko‘paytirib berishini aytib, ijtimoiy tarmoqlar orqali ularni aldab kelgan. Uning yolg‘oniga mingdan ortiq odam aldangan.

Yigit o‘z izini yo‘qotish maqsadida turli viloyatlarda yashovchi odamlar nomiga olingan telefon va SIM kartalar, shuningdek, bank kartalaridan foydalanib kelgan. O‘g‘irlagan pullarini esa o‘z manfaati yo‘lida ishlatib yuborgan.

Kiritildi: 16:09 08.05.2025. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!