Hindiston va Pokiston o‘rtasida 125 ta samolyot ishtirokida aviasiya tarixidagi eng yirik jang bo‘lib o‘tdi.
"Pokiston va Hindiston qiruvchi samolyotlari o‘rtasida boshlangan havo jangi zamonaviy aviasiya tarixidagi eng keng ko‘lamli va uzoq davom etgan jang bo‘lib, unda Hindistonning beshta samolyoti urib tushirilgan," - deb yozadi CNN Pokiston xavfsizlik xizmatidagi yuqori martabali amaldorga tayanib.
Ta’kidlanishicha, to‘qnashuv bir soatdan ko‘proq davom etgan. Shu bilan birga, samolyotlar o‘z mamlakatlari havo hududini tark etmagan.