Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

World Boxing Cup. To‘rt bokschimiz finalga chiqdi

World Boxing Cup. To‘rt bokschimiz finalga chiqdi

World Boxing tashkiloti kubogi doirasida kecha yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqich doirasida 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.

-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda, Madiyar Daniyarov mezbon Luiz Oliveyraga qarshi bahs olib bordi va hakamlarning qarorlariga ko‘ra 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

To‘rabek Xabibullayev yarim final bahsida hindistonlik Vishalni qiyinchiliksiz mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi — 5:0.

Asilbek Jalilov ham finalni hal qildi. Bokschimiz bu yo‘lda hindistonlik Jadumani Mandengbamni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

-75 kg vazndagi vakilimiz Fazliddin Erkinboyev polshalik Mixal Yarlinskini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Eng og‘ir vazndagi bokschimiz Jahongir Zokirov qozog‘istonlik Daniyal Saparbayga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 5:0.

-60 kg: Madiyar Daniyarov – Luiz Oliveyra (Braziliya) - 1:4
-90 kg: To‘rabek Habibullayev – Vishal (Hindiston) - 5:0
-50 kg: Asilbek Jalilov – Jadumani Mandengbam (Hindiston) - 3:2
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Mixal Yarlinski (Polsha) - 4:1
+90 kg: Jahongir Zokirov – Daniyal Saparbay (Qozog‘iston) - 5:0

Kiritildi: 10:23 04.04.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!