World Boxing tashkiloti kubogida bugun final janglari bo‘lib o‘tadi. Yarim final doirasidagi kechagi kun bahslarida ringga ko‘tarilgan 3 nafar vatandoshimizning barchasi g‘alaba qozondi.
Mirazizbek Mirzahalilov -55 kg vaznda gvatemalalik Jose Felipeni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Javohir Ummataliyev -80 kg vaznda qozog‘istonlik Dias Moljigitovga qarshi bahs olib borib, hech qanday qiyinchiliklarsiz g‘alabani qo‘lga kiritdi — 5:0.
Akmaljon Isroilov -85 kg vaznda polshalik Yakub Strashevskini 5:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa, finalga terma jamoamizning 7 nafar vakili yetib kelgan va ular bugun birinchilik uchun uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Juftliklar bilan tanishing:
-50 kg: Asilbek Jalilov - Niki Kummings (Fransiya) 23:00
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kauye Belini (Braziliya) 23:30
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Daulet Tulemissov (Qozog‘iston) 23:45
-90 kg: To‘rabek Habibullayev - Isaak Okoh (Angliya) 00:00
--55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Nursultan Altinbek (Qozog‘iston) 04:00
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Vanderley Perreyra (Braziliya) 04:45
+90 kg: Jahongir Zokirov -