Serbiyaning sobiq prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakatda hozirgi sharoitda prezidentlik saylovlarini o‘tkazish imkoni yo‘qligini bildirdi.
«Shaxsan mening fikrimcha, ayni paytda saylovlarni o‘tkazishning imkoni yo‘q. Agar o‘zimdan so‘rasangiz, ularni butunlay e’tiborsiz qoldirgan bo‘lardim», — dedi Vuchich.
Uning ta’kidlashicha, bu shaxsiy pozisiyasi bo‘lib, Serbiya taraqqiyot partiyasining saylovda ishtirok etishi yuzasidan yakuniy qaror dekabr oyida partiyaning rahbar organlari tomonidan qabul qilinadi.