Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Giyohvandlik vositalari kontrabandasiga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Farg‘ona viloyati Rishton tumani “Dehqonobod” mahallasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, qo‘shni mamlakatdan kelgan “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasining g‘ildiraklari ichiga xufiyona tarzda yashirilgan narkotik moddalarni olayotgan vaqtlarida 1974 y.t. avtomashina haydovchisi hamda buyurtmachi hisoblangan Uchko‘prik tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs ushlandi.

Avtomashina g‘ildiraklari ichiga jami 3 kg 408 gr “opiy” va 16 kg 405 gr “gashish” moddalari yashirilganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga buyurtmachi shaxsning 1980 y.t. otasi ham aloqador ekanligi aniqlanib, u ham prosessual tartibda ushlandi.

Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!