Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

2100 yilga kelib Yevropa aholisi keskin o‘zgarishi kutilmoqda

2100 yilga kelib Yevropa aholisi keskin o‘zgarishi kutilmoqda

Tahlillarga ko‘ra, 2025–2100 yillar oralig‘ida Yevropa davlatlarining aksariyatida aholi soni sezilarli darajada kamayadi.

Eng katta pasayish Ukrainada kuzatilishi prognoz qilinmoqda — mamlakat aholisi 61 foizga qisqarishi mumkin. Litva va Albaniyada ham aholi soni 57 foizga kamayishi kutilmoqda.

Shuningdek, Sharqiy Yevropadagi ko‘plab davlatlarda XXI asr oxiriga kelib aholi 40–50 foizgacha qisqarishi taxmin qilinmoqda.

Biroq ayrim mamlakatlarda aholi o‘sishi kuzatilishi mumkin. Ayniqsa, Yevropa mikro davlatlarida o‘sish yuqori bo‘lishi prognoz qilinmoqda:

— Monako — +24%
— Lyuksemburg — +10%
— Lixtenshteyn — +9%

Shu bilan birga, Yevropaning ayrim boy davlatlarida ham aholi soni o‘sishi kutilmoqda:

— Buyuk Britaniya — +7%
— Shvesiya — +7%
— Fransiya — +3%
— Shveysariya — +2%

Kiritildi: Bugun 20:58. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!