Britaniyalik harbiy tahlilchi Aleksandr Merkurisning YouTube kanalidagi bayonotiga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga qarshi siyosiy bosim ortib borayotgani uni lavozimdan chetlatish rejasining bir qismi bo‘lishi mumkin.
Tahlilchining fikricha, kuchayib borayotgan korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar Zelenskiyga bosimni kuchaytirish uchun qo‘llanilayotgan vosita bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Merkurisga ko‘ra, bunday ssenariy orqali G‘arb Ukraina rahbarini almashtirish va Rossiya bilan muzokaralar uchun ko‘proq mos keladigan siyosiy muhit yaratishni ko‘zlashi mumkin.
Uning ta’kidlashicha, bu holat Zelenskiyning hududiy masalalar bo‘yicha murosasiz pozisiyasi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin, chunki u “hech qanday hududiy yon berishga rozi emas”.