Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ukraina bo‘yicha muhim signal berdi

Evropa Ukraina bo‘yicha muhim signal berdi

Finlyandiyalik siyosatchi va “Ozodlik alyansi” a’zosi Armando Mema Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistoriusning Ukrainaga tashrifi Yevropa diplomatik yechim izlash niyatida emasligini ko‘rsatishini bildirdi.

Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi Rossiyani sanksiyalar orqali zaiflashtirish va Ukrainadan Moskvaga qarshi vosita sifatida foydalanishga uringan, ammo bu siyosat Yevropa iqtisodiyotining o‘ziga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Memaning ta’kidlashicha, Yevropa harbiy jihatdan to‘liq tayyor bo‘lmasa ham, qayta qurollanish jarayonini davom ettirmoqda. U bu holatni Yevropa Ittifoqi yaqin kelajakda mojaroning yanada kuchayishiga tayyorlanayotganining belgisi sifatida baholagan.

Kiritildi: Bugun 21:28. O'qildi: 460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!