Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”lar sonining ko‘pligi yaxshi, lekin ular tirbandlik keltirib chiqarmoqda”, — dedi Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev.

Uning ta’kidlashicha, hududda “Damas” transportlari juda ko‘payib ketgani sababli xizmat sifati va yo‘lkira tariflarini nazorat qilish qiyinlashmoqda.

Shu munosabat bilan, viloyatda “Damas”larni bosqichma-bosqich zamonaviy avtobuslar bilan almashtirish rejalashtirilmoqda. Yangi tizim brutto-shartnoma asosida ishlaydi.

Hokimlikka ko‘ra, bu o‘zgarishlar jamoat transporti sifatini oshirish, tirbandliklarni kamaytirish va yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

.

Kiritildi: 22:45 09.05.2026. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!