Hodisa 12-may kuni parrandachilik fabrikasida yuz bergan. Mushtlashuvda jami 60 ga yaqin kishi ishtirok etgan. To‘qnashuv oqibatida 20 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 7 nafarining ahvoli og‘ir.
Polisiya xodimlari mojaroning 12 nafar ishtirokchisini qo‘lga olgan. REN TV manbasi janjalda har ikki tomondan 100 dan ortiq kishi ishtirok etganini xabar qildi. Shuningdek, voqea joyiga to‘rtt mashinada OMON, "Rosgvardiya" xodimlari, 10 ta tez yordam mashinasi kelganini ma’lum qildi.