Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Transfermarkt O‘zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchilarini ma’lum qildi (top-10)

Transfermarkt O‘zbekiston chempionatining eng qimmat futbolchilarini ma’lum qildi (top-10)

Transfermarkt portali O‘zbekiston chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning transfer qiymatlarini yangiladi va Superliganing eng qimmat futbolchilari reytingini taqdim etdi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni «Nasaf» klubining 25 yoshli darvozaboni Abduvohid Ne’matov egalladi. Uning transfer qiymati 1,5 million yevroga baholanmoqda.

Ikkinchi pog‘onadan Akmal Mozgovoy joy oldi. Uning qiymati 100 ming yevroga oshib, 1,4 million yevroga yetdi. Uchinchi o‘rinni esa Hojiakbar Alijonov egalladi — uning bozor narxi ham 100 ming yevroga ko‘tarilib, 1,3 million yevroni tashkil qildi.

Etakchilar orasida eng katta o‘sish Dostonbek Hamdamovda kuzatildi. Uning transfer qiymati darhol 300 ming yevroga oshdi.

O‘zbekiston Superligasining eng qimmat 10 nafar futbolchisi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Abduvohid Ne’matov («Nasaf») — 1,5 mln yevro

  2. Akmal Mozgovoy («Paxtakor») — 1,4 mln yevro

  3. Hojiakbar Alijonov («Paxtakor») — 1,3 mln yevro

  4. Sherzod Nasrullayev («Paxtakor») — 1,2 mln yevro

  5. Lyupcho Doriyev («So‘g‘diyona») — 1,2 mln yevro

  6. Hojimat Erkinov («Paxtakor») — 1 mln yevro

  7. Jamshid Iskanderov («Neftchi») — 1 mln yevro

  8. Dostonbek Hamdamov («Paxtakor») — 900 ming yevro

  9. Ruslan Jiyanov («Navbahor») — 800 ming yevro

  10. Aborbek Ismoilov («Neftchi») — 800 ming yevro.

Kiritildi: 23:55 13.05.2026. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!