Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston–Qozog‘iston chegarasida fuqarolarni otvyortka bilan qo‘rqitib, pul undirgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston–Qozog‘iston chegarasida fuqarolarni otvyortka bilan qo‘rqitib, pul undirgan shaxs ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi «Qoplonbek» chegara punktida tasvirga olingan video tarqaldi. Noma’lum shaxs fuqarolarga otvyortka bilan tahdid qilib, ulardan pul talab qilayotgani xabar qilingan edi.

Turkiston viloyati polisiya departamenti xabariga ko‘ra, mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Turkiston viloyatida yashovchi, doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan 43 yoshli ishsiz fuqaro jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olindi, — deyiladi xabarda.

Hozirda gumonlanuvchi ushlanib, Turkiston viloyati IIB Sariag‘och tumani Polisiya boshqarmasining vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:40. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!