Vyacheslav Volodin Rossiya Davlat dumasining to‘qqizinchi chaqiriq raisi etib saylandi. Uning nomzodini parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan «Yagona Rossiya» fraksiyasi ilgari surgan. KPRF esa Dmitriy Novikov nomzodini taklif qilgan.
Ovoz berish muqobil asosda o‘tkazildi. Deputatlar faqat bitta nomzod uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ovozlarni hisoblashda elektron tizimdan foydalanildi.
Ovoz berish natijasiga ko‘ra, Vyacheslav Volodin 406 ta, Dmitriy Novikov esa 36 ta ovoz oldi.
Volodin Davlat dumasining yettinchi va sakkizinchi chaqiriqlariga ham rahbarlik qilgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq uning to‘qqizinchi chaqiriqda ham parlament quyi palatasi raisi lavozimida ishlashini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi.
Rossiyada Davlat dumasining to‘qqizinchi chaqiriq saylovlari 18–20 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra, «Yagona Rossiya» 349 ta mandatni qo‘lga kiritdi. KPRF — 37, LDPR — 23, «Yangi odamlar» — 19, «Adolatli Rossiya» — 17 ta mandat oldi.
Bir mandatli okruglar natijasiga ko‘ra, yana to‘rt nafar o‘zini o‘zi nomzod sifatida ko‘rsatgan deputat hamda «Rodina» partiyasi vakili Davlat dumasidan o‘rin oldi.