Germaniyaning Volkswagen avtokonserni Xitoyda avtomobillar savdosi pasayishi fonida katta moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelmoqda.
Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning joriy yil iyul–sentyabr oylaridagi zarari 5,9 milliard yevroni tashkil etgan. Bu butun 2025 yildagi 1,3 milliard yevrolik zarardan ham bir necha baravar ko‘p.
Avval tahlilchilar Volkswagen 2026 yilni taxminan 2,6 milliard yevro zarar bilan yakunlashini prognoz qilgan edi.
Kompaniyada yangi texnologiyalarga investisiya kiritish bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. Financial Times Volkswagen’ning daromadliligi juda past darajaga tushganini qayd etgan.
Shuningdek, kompaniya 660 ming nafar xodimining ish haqini muzlatish, mukofot pullarini qisqartirish va ayrim imtiyozlarni bekor qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.