Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Volkswagen elektromobillarida xavfli nuqson aniqlandi

Volkswagen elektromobillarida xavfli nuqson aniqlandi

Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni akkumulyatorlarda aniqlangan nosozlik sabab dunyo bo‘ylab qariyb 72,7 mingta elektromobilni qaytarib oladi.

Bu haqda Bild nashri Germaniya Avtomobil transporti federal idorasi (KBA) ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

"Bunga akkumulyator elementlaridagi nosozlik sabab bo‘lgan. Eng yomon holatda ushbu nuqson yong‘in kelib chiqishiga olib kelishi mumkin", — deyiladi xabarda.

Qaytarib olish jarayoni Volkswagen'ning 2022–2025 yillarda ishlab chiqarilgan ID.3, ID.4, ID.7 va ID. Buzz modellarini qamrab oladi.

Shuningdek, 2022–2024 yillarda ishlab chiqarilgan Cupra Born elektromobillari ham qaytarib olinadigan avtomobillar ro‘yxatiga kiritilgan.

Kiritildi: 23:40 20.10.2026. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!