Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Vladimir Zelenskiy YEIga ovoz berish huquqisiz kirish taklifini rad etdi

Vladimir Zelenskiy YEIga ovoz berish huquqisiz kirish taklifini rad etdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya kansleri Fridrix Mersning Kiyevga Yevroittifoqda ovoz berish huquqidan mahrum bo‘lgan «assosiasiyalashgan a’zolik» berish haqidagi taklifini qabul qilmadi. Zelenskiy Ukraina faqat Yevroittifoqning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Ukraina yetakchisi o‘z kundalik murojaatida mamlakat Rossiya bosqiniga qarshi kurashayotgani va bu bilan butun Yevropa xavfsizligini himoya qilayotganini qayd etdi:

«Ukrainasiz to‘laqonli yevropa loyihasi bo‘lishi mumkin emas. Ukrainaning YEIdagi ishtiroki ham to‘laqonli – to‘la huquqli bo‘lishi shart. Ukraina o‘z hayoti, o‘z mustaqilligi va uzoq vaqt davomida tinchlikda yashab kelgan Yevropa uchun kurashmoqda», — dedi Zelenskiy va 27 ta a’zo davlatni mamlakatning ittifoqqa kirish bo‘yicha muzokaralarini tezlashtirishga chaqirdi.

Kiritildi: 23:42 23.05.2026. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!