Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Ukraina aholisi 22–25 mln kishigacha kamaydi

Ukraina aholisi 22–25 mln kishigacha kamaydi

Ukraina nazoratidagi hududlarda hozir taxminan 22–25 million kishi yashamoqda. Bu haqda Ukraina ijtimoiy siyosat, oila va birlik vaziri Denis Ulyutin ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Ukraina aholisi hozirda taxminan 22–25 mln kishini tashkil etadi”, — dedi Ukraina ijtimoiy siyosat vaziri Denis Ulyutin.

Avvalroq Migrasiya siyosati ofisi rahbari Vasiliy Voskoboynik mamlakatda har yili vafot etayotganlar soni tug‘ilayotganlardan taxminan 300 mingga ko‘p ekanini ma’lum qilgan edi.

Ukraina OAVlari ma’lumotiga ko‘ra, Ulyutin 1991 yilda mamlakat aholisi qariyb 48 million kishi bo‘lganini, 2022 yilda esa bu ko‘rsatkich taxminan 41 million kishini tashkil etganini aytgan. Vazir hozir Ukraina hukumati nazoratidagi hududlarda 22–25 million kishi yashayotganini “falokat” deb atagan.

Mamlakatdagi demografik vaziyat harbiy harakatlar, migrasiya, tug‘ilish darajasining pasayishi va aholining qarishi fonida og‘irlashgan. CNN ma’lumotlariga tayangan UNN xabarida Ukraina tug‘ilish ko‘rsatkichi bir ayolga bir farzanddan ham pastga tushgani, millionlab odamlar esa xorijda qolayotgani qayd etilgan.

RIA Novosti yozishicha, shu fonda Ukrainada harbiy holat va umumiy mobilizasiya yana 90 kunga uzaytirilgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainada harbiy holat 2022 yil fevral oyidan beri amal qilmoqda va bu uning 19-marta uzaytirilishi bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 15:21. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!