Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Putin Ukrainadagi urushni 2026 yil oxiriga qadar yakunlamoqchi, faqat...

Putin Ukrainadagi urushni 2026 yil oxiriga qadar yakunlamoqchi, faqat...

Uningcha faqat o‘zi “g‘alabali” deb hisoblaydigan shartlar asosida, deb yozmoqda Bloomberg

Nashr manbalariga ko‘ra, bu shartlar Moskvaning Donbass ustidan to‘liq nazoratini, shuningdek, Rossiyaning hududiy yutuqlarini amalda tan oladigan Yevropa bilan keng qamrovli xavfsizlik shartnomasini o‘z ichiga oladi.

"Kremldagi ayrim yuqori martabali mulozimlar mojaro boshi berk ko‘chaga kirib qolgan va uni hal qilishning aniq yo‘li yo‘q, deb hisoblamoqda. Rossiya elitasining ko‘plab vakillari Ukrainaning front chizig‘idan uzoqda joylashgan shaharlarga zarbalari tufayli rossiyaliklar orasida “salbiy kayfiyat” va urushdan charchash kuchayganini kuchayganini bildirishgan", deyiladi Bloomberg xabarida.

Shu bilan birga, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bloomberg uchun bergan izohida Putin urushni yakunlash uchun hech qanday muddat belgilamaganini bildirdi.

So‘nggi haftalarda Ukraina dronlari Rossiyaning chegaradan yuzlab kilometr masofada bo‘lgan nishonlari bo‘ylab tez-tez zarbalar bermoqda. Asosiy nishonlar – neftni qayta ishlash zavodlari. Bunday nishonlarga hujumlar oqibatida kuchli yong‘inlar chiqmoqda.

Reuters may oyi o‘rtalarida hujumlar Rossiyaning markaziy qismidagi deyarli barcha neftni qayta ishlash zavodlari (mamlakatda ishlab chiqariladigan jami neft mahsulotlarining to‘rtdan bir qismi shu korxonalarga to‘g‘ri keladi) faoliyatiga jiddiy zarar yetkazganini yozmoqda. Dronlar muntazam ravishda turar joylar va boshqa fuqarolik ob’ektlariga ham kelib urilmoqda, bu esa tinch aholi orasida qurbonlarga sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:31. O'qildi: 520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!