Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya Armanistonga iqtisodiy bosimni kuchaytirmoqda

Rossiya Armanistonga iqtisodiy bosimni kuchaytirmoqda

Moskva va Yerevan o‘rtasidagi ziddiyat fonida Vladimir Putin Armaniston Rossiya gazini imtiyozli narxda olayotganini eslatib, mamlakat “geosiyosiy yo‘nalishini tanlashi kerak”ligini aytdi.

Bunga javoban Armaniston bosh vaziri gaz narxlari uzoq muddatli shartnoma bilan belgilanganini va bir tomonlama o‘zgartirilmasligini ta’kidladi.

Shuningdek, Rossiyaning Rosselxoznadzor agentligi fitosanitariya sabablarini ko‘rsatib, Armaniston gullari importini taqiqladi. Endi meva-sabzavotlarga ham cheklov qo‘yilishi mumkinligi aytilmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, bu Kremlning Rossiya ta’siridan uzoqlashayotgan Armanistonga qarshi tizimli iqtisodiy bosimi boshlanayotganini ko‘rsatadi.

Kiritildi: Bugun 14:21. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!