Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Nyu-Yorkda yong‘in va portlash sodir bo‘ldi

Nyu-Yorkda yong‘in va portlash sodir bo‘ldi

Nyu-Yorkdagi kemasozlik zavodida barjada yong‘in va portlash sodir bo‘ldi, natijada 16 kishi jarohat oldi, ulardan uch nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

Bu haqda CBS telekanali shahar yong‘in boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Yong‘in boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Staten orolidagi kemasozlik zavodida portlash sodir bo‘lishidan oldin 50 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida yong‘in chiqqan.

Xabar qilinishicha, 13 nafar o‘t o‘chiruvchi, ikkita tez tibbiy yordam xodimi va bitta yo‘lovchi jarohat olgan.

Xavfli materiallar bo‘yicha mutaxassislar va Atrof-muhitni muhofaza qilish departamenti xodimlari portlash sababini aniqlash uchun voqea joyiga yetib kelishdi.

Kiritildi: Bugun 10:01. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!