Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Juniorning uyida yong‘in chiqdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yong‘in bugun ertalab saunada elektr simlarining nosozligi tufayli boshlangan. Voqea joyiga tezda yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inning boshqa xonalarga tarqalishini darhol to‘xtatdi.
Futbolchi o‘shanda Seulda Braziliya terma jamoasi safida edi.
25 yoshli braziliyalik joriy mavsumda 16 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt uning narxini 150 million yevroga baholamoqda.