Vashington yondashuvini o‘zgartirsa, Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyor. To‘p hozir Qo‘shma Shtatlar tomonida.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Yaponiyaning Kyodo agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar natijasi AQSh pozisiyasiga bog‘liq.
"Muzokara jarayoni AQShning yondashuviga bog‘liq. Agar Vashington o‘z yo‘nalishini o‘zgartirsa, Eron ham muzokaralarda har ikki tomon uchun foydali bo‘lgan adolatli va muvozanatli natijaga erishishga tayyor bo‘ladi", - dedi Arag‘chi.
Eron tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Eronning Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilishi haqida ham shunday dedi: “Eron ham Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga sodiqdir va Yaponiya singari yadroviy texnologiyadan tinch maqsadlarda foydalanish huquqiga ega.