Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Vinisiusning «Real» bilan yangi shartnomasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Vinisiusning «Real» bilan yangi shartnomasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Madridning «Real» klubi va hujumchi Vinisius Junior o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Hozircha tomonlar yakuniy kelishuvga erishmagan. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, yangi shartnoma asosida braziliyalik futbolchining maoshi oshiriladi, lekin bu oshirish jamoadagi maosh muvozanatiga ta’sir qilmaydi. Shuningdek, Vinisiusning maoshi Kilian Mbappe va Jud Bellingem kabi yulduzlar o‘rtasida norozilik uyg‘otmasligi lozimligi ta’kidlangan.

Bundan tashqari, 24 yoshli vingerning vakillari shartnomaga maxsus tovon puli (klausula) bobini kiritish ustida ish olib bormoqda. Hozirda Vinisiusning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida futbolchining maoshi yiliga taxminan 15 million yevro ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 18:11 21.03.2025. O'qildi: 752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!