Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Vinisiusning Alonso bilan munosabatlari yomonlashdi. U «Real»ni tark etish haqida o‘ylay boshladi

Vinisiusning Alonso bilan munosabatlari yomonlashdi. U «Real»ni tark etish haqida o‘ylay boshladi

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Vinisius Junior klubni tark etishi mumkin. Bu haqda AS nashri ESPN ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi so‘nggi kunlarda jamoani tark etish haqida jiddiy o‘ylab qolgan. Uning fikricha, klubdagi maqomi va jamoaga qo‘shgan hissasi yetarlicha baholanmayapti. Shuningdek, Vinisius bosh murabbiy Xabi Alonso bilan munosabatlar tobora taranglashib borayotganini his qilmoqda.

Ayni damda futbolchi o‘zini Alonso taktik rejalarida muhim o‘rin egasidek sezmayapti. Bu kelishmovchilik ayniqsa “Barselona”ga qarshi (2:1) kechgan so‘nggi “el-klassiko”da kuchaygan. U o‘yinning 72-daqiqasida Rodrigo bilan almashtirilganidan keyin norozilik bildirib, bahsdan so‘ng darhol kiyinish xonasiga ketgan edi.

Manbalarning yozishicha, ularning munosabatlari butunlay buzilmagan, biroq ancha sovuqlashgan. Vinisius yaqin kunlarda jamoadoshlari bilan vaziyatni muhokama qilib, keyin shaxsan Alonso bilan suhbatlashishi kutilmoqda.

Vinisius Juniorning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:53 28.10.2025. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!