Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Vinisius Ronaldoga yetib oldi

Vinisius Ronaldoga yetib oldi

"Real Madrid" La Ligada "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yinni o‘tkazdi.

Birinchi taymda "qaymoqranglilar" hujumchisi Vinisius Junior raqib darvozasiga gol urdi. Mazkur goldan so‘ng Vinisiusning "Real" uchun urgan gollari soni 103 taga yetdi.

Braziliyaliklar orasida "Real" uchun bundan ko‘p gol urgan futbolchi yo‘q. Vinisius o‘z vaqtida klub uchun 103 ta gol urgan Ronaldoga yetib oldi. Ronaldo va Vinisius klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida 19-o‘rinni egallab turibdi.

Ushbu ro‘yxatning birinchi pog‘onasida Madrid klubi libosida 450 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu joy olgan.

Kiritildi: 23:45 09.03.2025. O'qildi: 1374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!