Madridning «Real» klubi qanot hujumchisi Vinisius Junior jamoa rahbariyati Kilian Mbappeni «Oltin to‘p» mukofoti uchun faol qo‘llab-quvvatlayotganidan norozi bo‘lishi mumkin.
Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
«Kiyinish xonasida hamma buni ko‘rib turibdi va muhokama qilmoqda.
Klubda «Oltin to‘p» Mbappega nasib etadi, deb hisoblashmoqda. «Real» haqiqatan ham raqobatchilarga juda kuchli bosim o‘tkazmoqda», — dedi The Athletic manbasi.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior va Kilian Mbappe 2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Mukofotni topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni London shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Bu tarixdagi yubiley — 70-marosim bo‘ladi.
G‘olib FIFA reytingidagi eng yaxshi 100 ta mamlakat vakillari bo‘lgan 100 nafar jurnalistning ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.