Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Vladimir Putin va Tramp qo‘ng‘irog‘i kimlarga yoqmadi?

Vladimir Putin va Tramp qo‘ng‘irog‘i kimlarga yoqmadi?

Bildirilgan munosabatlar va ularning tafsilotlari:

▪️Evropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas AQShning Rossiya dizeliga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish qarorini qoraladi. U Yevropa bosimni susaytirmasligini va 12 oktyabrda Rossiya harbiy-sanoat majmuasiga qarshi yirik sanksiyalar paketi tasdiqlanishini bildirdi.

▪️AQSh va Rossiya o‘rtasidagi yonilg‘i kelishuvi sabab Ukraina delegasiyasi Mayamidagi muzokaralarni to‘xtatdi. Bunga javoban Oq uy Kiyevga razvedka ma’lumotlarini berishni to‘xtatish bilan tahdid qilgan.

▪️Donald Tramp Ukrainaga tinchlik bitimi tuza oladigan yangi rahbar kerakligini va Zelenskiy urushni tugatishni istamayotganini aytdi. Shuningdek, Kiyevdan Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga zarba bermaslikni talab qildi. Aks holda, bu AQSh fermerlari uchun dizel muammosini keltirib chiqarishi mumkinligini bildirdi.

▪️Rossiya hukumati dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni qisman bekor qildi. Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak ichki bozorda taqchillik bo‘lmasligini, ishlab chiqarilgan yonilg‘i ichki va tashqi bozor talabini qoplashini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 12:02. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!