Madridning "Real" klubi kecha La Liga doirasida "Sevilya"ni o‘z maydonida mag‘lub etdi - 2:0.
O‘yin oxirida Vinisius Junior zaxiraga olinayotganda jamoa muxlislari unga nisbatan hushtakbozlik qilishdi. Braziliyalik vinger o‘yindan so‘ng Instagram sahifasida "Real" libosidagi suratini olib tashladi.
Joriy mavsumda Vinisius jami 23 ta o‘yinda 6 ta gol urib, 9 ta assist berdi.