Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Vinisius «Real»dagi kelajagi bo‘yicha shubhalar sababli shu hafta mashg‘ulotlarga qaytmaydi

Vinisius «Real»dagi kelajagi bo‘yicha shubhalar sababli shu hafta mashg‘ulotlarga qaytmaydi

Daily Mail xabariga ko‘ra, «Arsenal»ning asosiy transfer nishoni bo‘lib turgan Vinisius Junior «Real»dagi kelajagi borasida shubhalar saqlanib qolayotgani sababli shu hafta jamoa mashg‘ulotlariga qaytmaydi.

Oldinroq «Real» shu hafta Vinisius Juniorning vakillari bilan uning kelajagi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi ma’lum bo‘lgan edi. Ushbu muzokaralar yangi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishga qaratiladi.

Joriy yozda o‘z chap qanotini kuchaytirishni maqsad qilgan «Arsenal» Vinisiusga qiziqish bildirmoqda va vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Bosh murabbiy Joze Mourinyo braziliyalik futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi va klub uning yangi shartnomaga imzo chekishini istamoqda.

Biroq, uning amaldagi shartnomasi tugashiga so‘nggi bir yil qoldi va agar yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, «Real» uni keyingi yozda tekinga boy berishdan ko‘ra, sotishga tayyor bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 15:13 28.07.2026. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!