O‘zbekistonlik futbol hakami keskin tanqidlarga qaramay, JCH-2026 ning eng yaxshi 10 ta hakami qatoridan joy oldi.
Hakam Ilgiz Tantashev Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) reytingida o‘ninchi o‘rinni egalladi. Musobaqa davomida u uchta o‘yinni, jumladan, Fransiya va Paragvay o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvini boshqarib borgan edi.
Uning boshqaruvilagi so‘nggi o‘yindan keyin ishqibozlar o‘zbekistonlik futbol hakamining ishini tekshirish talabi bilan petisiya boshlagan edi, Fransiyaning L’Équipe gazetasi esa unga 10 balldan 1 ball qo‘ydi — bu jahon chempionatlari tarixidagi eng yomon baho. Shunga qaramay, FIFA e’tirozlarga quloq solmadi va uni munosib baholadi.