Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Zelenskiyning matonatidan hayratda

Tramp Zelenskiyning matonatidan hayratda

Tramp Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatishda "konstruktiv rol o‘ynashga qat’iy qaror qilgan" deb yozmoqda WSJ.

​So‘nggi haftalarda Donald Tramp Ukraina va Volodimir Zelenskiyga nisbatan optimizm bildira boshladi. AQSh prezidenti uning "matonati"dan hayratda va Ukrainaning dronlar sanoatini yuqori baholamoqda.

AQSh ma’muriyatining yuqori mansabli mulozimi gazetaga ma’lum qilishicha, Trampga "g‘oliblar" yoqadi va uning fikricha, Zelenskiy tobora shunday kishilarga o‘xshab bormoqda. Shu bilan birga, Trampning atrofidagi odamlar uning qarashlari ba’zida tez o‘zgarib turishini ta’kidlamoqda.

​Oq uy vakili WSJ ga Tramp va uning jamoasi "Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatishda konstruktiv rol o‘ynashga va ikkala tomon bilan muzokaralar olib borishga qat’iy qaror qilganini" bildirdi, deyiladi maqolada. Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ehtimoliy tinchlik bitimiga erishish bo‘yicha optimistik kayfiyatda.

Kiritildi: 15:05 28.07.2026. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!