Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Iroqda ukrainalik josuslar fosh etilgani aytildi

Iroqda ukrainalik josuslar fosh etilgani aytildi

Ular mamlakatda teraktlar uyushtirgani da’vo qilinmoqda

Iroq bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Qosim al-Abudiyning aytishicha, mamlakat hududida bir nechta ob’ektga hujum qilgan guruh a’zolari qo‘lga olingan.

"So‘roq davomida ular Ukraina manfaatlari yo‘lida harakat qilganliklarini tan olishdi", — dedi u.

Biroq u qaysi ob’ektlar hujumga uchraganini ochiqlamadi. Al-Abudiyning aytishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda va barcha holatlar batafsil o‘rganilyapti.

Kiritildi: 15:45 28.07.2026. O'qildi: 925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!