Kreml ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti va Armaniston bosh vaziri Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi hamda YEOIIda qolishi bo‘yicha ehtimoliy referendum masalasini muhokama qilgan.
Armaniston hukumatiga ko‘ra, Pashinyan YEIga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirilganidan keyin referendum o‘tkazish mumkinligini bildirgan.
Shuningdek, u Putindan arman mahsulotlari importiga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatishda ko‘mak so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil bahorida Armanistonda YEIga qo‘shilish jarayonini boshlash haqida qonun qabul qilingan. Putin esa avval ham Armaniston bir vaqtning o‘zida YEI va YEOIIda bo‘la olmasligini ta’kidlagan.