Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida o‘z voyaga yetmagan qizini qiynaganlikda gumonlanayotgan erkak ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 25 iyul kuni Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi ayol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i — 1993 yilda tug‘ilgan CH.B. voyaga yetmagan qiziga nisbatan zo‘ravonlik qilganini ma’lum qilgan.
Dastlabki o‘rganishlar davomida erkakning o‘z qizini qiynab, unga nisbatan nomaqbul harakatlar sodir etayotgani aks etgan videotasvir 2025 yil 30 dekabr kuni olingani, keyinchalik esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi ikkinchi qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom etmoqda.