Ispaniyaning mashhur dam olish maskani bo‘lgan Mayorka orolida mahalliy aholi turizmga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazdi. 25 ming kishi ishtirok etgan mitinglarda polisiya bilan to‘qnashular sodir sodir bo‘ldi.
Mahalliy aholi “Turizm bu vayronagarchilik”, "Sayyohlar, uyga qaytinglar", "Kamroq turizm, ko‘proq hayot" shiorlari bilan chiqqan. Ularning fikriga ko‘ra, ommaviy turizm ularning hayotini yomonlashtirgan va uy-joy narxlari keskin ko‘targan.
Ma’lumot uchun, Mayorakaga yiliga 19 mln turist tashrif buyuradi. Mahalliy aholi soni esa 1 milliondan kam. (940 ming) Turizmga qarshi namoyishlar so‘nggi 3 yilda muntazam sodir bo‘lmoqda.