Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Qirg‘iziston terma jamoasi sardori O‘zbekiston futbolining asosiy sirini aytdi

Qirg‘iziston terma jamoasi sardori O‘zbekiston futbolining asosiy sirini aytdi

Qirg‘iziston milliy jamoasi sardori Valeriy Kichin O‘zbekiston futbolining rivojlanishi, Superligadagi raqobat va o‘zbek futbolchilarining o‘ziga xos jihatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ma’lumot uchun, tajribali himoyachi 2024-yilning ikkinchi yarmida Toshkentning "Lokomotiv" klubi sharafini himoya qilgan. Kichin mazkur davrda O‘zbekiston Superligasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

“Menimcha, o‘zbek futboli juda kuchli o‘sdi. O‘zbekistonga kelganimdan keyin bunga o‘zim amin bo‘ldim. Kuchli legionerlar, kuchli va murakkab chempionat. O‘zbek futbolchilari texnik va chaqqon”, — deydi futbolchi.

Shuningdek, Qirg‘iziston terma jamoasi sardori o‘zbek futbolining jadal taraqqiy etish sabablariga ham to‘xtalib o‘tdi.

“O‘zbekiston futbolining siri nimada? Menimcha, ularda istak va mehnasevarlik juda kuchli”, — deya qo‘shimcha qildi Valeriy Kichin.

Kiritildi: 23:44 26.07.2026. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!