Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior 2026 yil yozida sotilishi ehtimoldan xoli emas, deb xabar berdi Euro-football.ru nashri.
«Qaymoqranglar» rahbariyati 25 yoshli braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti. Shu bois, yaqin vaqt ichida futbolchining "Madrid" bilan xayrlashishi ehtimoli ancha real ko‘rinilmoqda. Fichajes ma’lumotlariga ko‘ra, «Chelsi» Vinisiusni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda va uning uchun taxminan 150 million yevro taklif qilishi mumkin. Bu transfer londonliklar tarixidagi eng qimmat bitimga aylanadi.
«Ko‘klar» rahbariyati hujum chizig‘ida braziliyalik trioni – Vinisius, Joau Pedro va Estevaoni ko‘rishni istamoqda. Qolgan ikki futbolchi joriy yil yozidan buyon jamoa safida o‘ynab kelmoqda.