Eron terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin va bunday holatda uning o‘rnini Osiyo futbol konfederasiyasining (OFK) boshqa bir jamoasi egallashi ehtimoli bor. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Eronning o‘rnini bosish uchun eng asosiy nomzod sifatida Iroq terma jamoasi ko‘rilmoqda. 31 mart kuni Iroq jamoasi qit’alararo pley-off finalida Boliviya – Surinam juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Agar Iroq ushbu bahsda imkoniyatni boy bersa, aynan u Eron o‘rniga jahon birinchiligiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin.
Agar Iroq terma jamoasi g‘alaba qozonib, pley-off orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri turnirga yo‘llanma olsa, navbatdagi da’vogar Birlashgan Arab Amirliklari jamoasi bo‘ladi. BAA avvalroq Osiyo saralashi finalida Iroqqa mag‘lub bo‘lgan edi va OFK terma jamoalari orasida navbatda turibdi.